Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-04-10 09:27:13
  • 6 comments
Toshkent transport universtiteti va Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

  2021 yil 9 aprel kuni Toshkent  transport universtiteti va Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida  Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan talabalar o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi hamda “Zakovat ligasi” musobaqalari tashkil etildi. Tadbirda  institut Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dotsenti N.A.Tastanov va katta o‘qituvchi V.S.Kasimovalar ishtirok etdi. Bo‘lib o‘tgan “Shaxmat” bo‘yicha musobaqada 1-o‘rinni sanoat farmatsiya fakulteti 1- bosqich talabasi Qo‘shbokova Dilshoda qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Toshkent  transport universtiteti va Toshkent farmatsevtika institutining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Zakovat ligasi” tashkil etildi. Mazkur musobaqalarda soha vakillari ishtirok etib, jamoalarning chiqishlari, olib borilgan savol-javoblarning mazmun-mohiyati va talabalarning salohiyati kuzatib borildi. Musobaqa shartlariga ko‘ra talabalarning chiqishlari Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Institutning “Aristokratlar” nomli jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Hamkorlikda tashkil etilgan tadbir barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbirda jami 250 nafar talabalar jalb etildi (karantin qoidalariga to‘la rioya qilgan holda).

 

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating