Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-06-17 12:01:36
  • 6 comments
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Toshkent farmatsevtika institutida professor-o‘qituvchilar va talabalarning ekologik bilimini oshirish va tabiatni asrab-avaylash masalalariga e’tibor qaratish maqsadida “Jahon iqlimini muhofaza qilishning muhim masalalari” hamda “Tabiat va inson” mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda institutning “Tibbiy, biologik fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda Ekologiya vazirligi huzuridagi Green Universiteti Ekologik ta’lim va targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari falsafa doktori (PhD) Ergashev Obidjon Gapparovich, TFI TBFJT kafedrasi mudiri X.O.Nuraliyeva, kafedra o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalar tabiat ne’matlarini asrash, dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash va ekologik madaniyatni oshirish borasida muhim tushunchalarga ega bo‘ldilar. Ushbu faoliyat iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning hissasini oshirishga qaratilgan.

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating