Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-06-17 11:57:05
  • 6 comments
“Ekofaol talaba” umummilliy loyihasi amalda.

Bugun, Toshkent farmatsevtika institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chati ekish ishlari amalga oshirildi.

Loyihaning maqsadi yurtimizdagi ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni himoya qilish va yashil hududlarni ko‘paytirishga qaratilgan boʻlib, ushbu xayriya ishlarida institut rahbariyati va  talaba-yoshlar birlashib, turli navdagi daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

“Ekofaol talaba” loyihasi doirasidagi bu kabi tadbirlar ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi va kelgusi avlodlarga sog‘lom va toza atrof-muhitni meros qilib qoldirishga yordam beradi.

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating