Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-06-17 11:39:52
  • 6 comments
“Yashil makon” loyihasi Jizzaxda

Jizzax shahridagi Jizzax politexnika institutida mamlakatimizdagi barcha OTM rahbarlari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi…” shiori ostida ko‘chat ekish marafoni oʻtkazildi.

Mazkur marosimda Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Rizayev ham ishtirok etib, ko‘chat ekish ishlarida faol qatnashdi.

Tadbir avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari ilgari surgan “Yashil makon – umumilliy loyiha”ning ahamiyati, ekologik muhitni yaxshilash va mamlakatimizni yashillikka o‘tish tamoyillari haqida so‘z yuritdi.

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi doirasida butun mamlakat bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda amalga oshirildi.

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating