Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Bugun, Toshkent farmatsevtika institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida institut hududida daraxtlarni oqlash, yashil maydonlarni tozalash va atrof-muhitni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ekologik tashabbusda institut xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir institut hududini yanada obod qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda talabalarda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.