Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Bugungi kunda o'qituvchilarning kompetentsiyalari ta'lim sohasiga qo'yiladigan talablarga javob berishi kerak. Shuning uchun o'qituvchilarning akademik mobilligi juda dolzarbdir. O'qituvchilarning xalqaro akademik dasturlarda ishtirok etishi xalqaro akademik muhitda hamkorlikda ishlash tajribasiga ega bo'lish va boshqa mamlakatlarning ta'lim tizimlari bilan tanishish imkonini beradi.
2025-yil 7-15-fevral kunlari akademik mobillik doirasida “Analitik kimyo” kafedrasi mudiri M.Fatxullayeva, “Organik sintez” kafedrasi dotsenti v.b. N.K.Chinibekova S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida akademik mobillik dasturiga asosan “Farmatsiya” va “Farmatsevtika ishlab chiqarish texnologiyasi” ixtisosliklarining 2-kurs talabalari uchun analitik kimyo va organik kimyo fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar hamda “Kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun mahorat darslari o‘tkazildi.