Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2025-02-15 13:32:46
  • 6 comments
E’LON!

Hurmatli institut xodimlari!

 

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi 931-son “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil 21-oktyabrdagi 65-son buyrug‘i, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 25-son buyrug‘i hamda Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 2025-yil 5-fevral 86-son buyrug'i ijrosini ta’minlash maqsadida institutning barcha dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari, texnik va boshqa barcha xodimlari quyidagi holatlar bo‘yicha ma’lumot berishlari shart:

1. Agar yaqin qarindoshlari xodimning bevosita bo'ysinuvida ishga qabul qilingan bo‘lsa yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida o‘ziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo‘lsa.

2. Agar xodim o‘ziga aloqador shaxslarga taalluqli masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda ishtirok etayotgan bo‘lsa.

3. Agar yaqin qarindoshi tekshiruv o‘tkazilayotgan obyektda (yuridik shaxsda) tekshiruv yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan bo‘lsa yoki ushbu tekshiruv obyekti unga aloqador bo‘lsa.

4. Agar xodim boshqa har qanday manfaatlar to‘qnashuvi holati mavjudligini bilib qolsa.

 

Shu munosabat bilan, xodimlar manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan holatda bu haqida o‘zining bevosita rahbariga yoki institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga bir ish kuni ichida rasmiy xabarnoma taqdim etishlari shart.

Shuningdek, 2025-yil uchun ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya uch kunlik muddat ichida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga topshirilishi lozim.

Har yili 15-fevralga qadar manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha so‘rovnomalar to‘ldirilishi va taqdim etilishi shart. Shu bois barcha xodimlardan belgilangan muddatgacha ushbu hujjatni rasmiylashtirib, tegishli bo‘limga topshirishlari so‘raladi.

Barcha xodimlar ushbu talablarni o‘z vaqtida bajarishlari lozimligini ma’lum qilamiz!

Taklif va mulohazalaringizni jonating