Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Respublika oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini yanada oshirish, korrupsiyaviy holatlaming oldini olish, Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomda (Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda 3069-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) belgilangan tartiblami inobatga olgan holda talabalar bilimini baholash tizimini takomillashtirish, jumladan, bunda ochiq-oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
l.Oliy ta’lim tashkilotlarida yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Mazkur chora-tadbirlar 2024/2025 o‘quv yilidan respublika oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilingan talabalaming yakuniy nazorat ishlariga nisbatan tajriba-sinov tariqasida amalga oshirilsin.
2. Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari (direktorlari): joriy o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalaming 2024/2025 o‘quv yili kuzgi semestridan yakuniy nazorat turini mazkur buyruq ilovasida qayd etilgan chora-tadbirlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlasin;
2025-yil 1-yanvarga qadar yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan katta sig‘imli auditoriyalami belgilasin va ushbu auditoriyalami zaruriy texnik vositalar, jumladan, ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari bilan jihozlasin; yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruhi hamda yakuniy nazorat ishlarini baholovchi professor-o‘qituvchilar tarkibini tajribali, mas’uliyatli xodimlar tarkibidan shakllantirilishini ta’minlasin; yakuniy nazorat topshiriqlari (savollari) fan dasturi (sillabusi) asosida imtihon jarayonlari boshlanishidan kamida bir oy oldin tayyorlanishini ta’minlasin va bunda topshiriqlar (savollar)ni ishlab chiqishda kafedra mudirlarining mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rsin;
2025-yilning 5-yanvariga qadar o‘tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini
keng jamoatchilik uchun oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytidagi havola
orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyatini yaratsin; ushbu buyruq mazmun mohiyatini professor-o‘qituvchilar va talabalarga yetkazilishini ta’minlasin.
3. Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamenti (A. Xoliqov): oliy ta’lim tashkilotlarida yakuniy nazorat turini tashkil etilishi va o‘tkazilishini monitoring qilib borsin; Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi (X. Sultanov) bilan birga, 2025-yildan boshlab har yilda kamida bir marta oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va bu borada kuzatilayotgan kamchiliklami aniqlashga qaratilgan onlayn so‘rovnomalar o‘tkazilishini ta’minlasin; o‘tkazilgan monitoring va so‘rovnomalar natijalari yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga tahliliy ma’lumot va takliflar kiritib borsin.
4. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vaziming birinchi o‘rinbosari Sh. Daliyev zimmasiga yuklansin.
https://pharmi.uz/storage/452-son%20buyruq%20YN%20o'tkazish%20tartibi.pdf