Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya xavf-xatarlarining kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish choralari yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.
Institut talaba-yoshlari o‘rtasida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi B.X.Boltayeva, “Sanoat farmatsiya” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.B.Nizamov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.T.Igamnazarov hamda bo‘lim mutaxassisi E.A.Yarmamatovlar ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya xavf-xatarlari kelib chiqishining oldini olish yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.
Suhbat mobaynida talaba yoshlar o'rtasida firibgarlik, tovlamachilik, kiberjinoyatchilik, korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilish sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari yuzasidan ma’lumotlar berib o'tildi.