Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2024-08-16 17:59:45
  • 6 comments
Sizni talabalar turar joyiga joylashishingizga yoki ijara xonadonlari topishingizga yordam beraman.

Ayni kunlarda Toshkent farmatsevtika institutida yangi 2024/2025 o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Xususan, talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolish ehtimolini bartaraf etish maqsadida, institutda talabalar turar joylarga joylashishiga ko‘mak beruvchi “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” talabalarga yordam berishda samarali faoliyat olib bormoqda.

Toshkent farmatsevtika institutining talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashmoqchi bo'lgan talabalar ushbu ma'lumotlar markaziga murojaat qilish orqali o’z savollariga javob olib, turar joylar uchun muammolarsiz ariza topshirmoqdalar.

Ma'lumot o'rnida: 

“Talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi” joriy yilning 10-sentabr kuniga qadar faoliyat yuritadi.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating