Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
#xalqaro_forum
🇺🇿 2023-yilning 16-avgust kuni Samarqand shahrida oʻtkazilgan "Silk Road by Minyoun" mehmonxonasida O'zbekiston-Turkiya tibbiyot forumi shu bilan bir qatorda, Turkiy davlatlar tashkilotining sog'liqni saqlash vazirlari yig'ilishida TFI rektori K.S.Rizayev ishtirok etdi.
✅ Tadbirda har ikkki mamlakat sog'liqni saqlash vazirlari, tizim mas'ullari, tibbiyot oliy o'quv yurtlari, yetakchi davolash-profilaktika muassasalari, xususiy klinikalar, farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari, soha olimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Forumni sobiq O'zbekiston Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hamda Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja kirish so'zi bilan ochib berdi.
✅ Mazkur forumda, Toshkent farmatsevtika instituti rektori Rizayev Kamal Saidakbarovich hamda ushbu institutning Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Tillayeva Umida Mahmudjanovna ishtirok etdilar.
➡️O'zbekiston-Turkiya tibbiyot forumi davomida mamlakatlarimiz o'rtasida sog'liqni saqlash yo'nalishidagi aloqalar o'zaro qardoshlik va ishonch ruhiga asoslangani ta'kidlandi hamda ushbu hamkorlikni sohalar kesimida rivojlantirishni ko'zda tutuvchi qator memorandum va kelishuvlar imzolandi.
Shu bilan bir qatorda, Toshkent farmatsevtika instituti rektori Rizayev Kamal Saidakbarovich, Turkiya davlatining EGE universiteti hamda Ankara Medipol universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladilar.
✨Tadbir davomida bir qator nufuzli mehmonlar "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.