Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning 18-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Toshkent farmatsevtika instituti hamda Ibn Sino jamoat fondi bilan hamkorlikda “Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzusidagi an’anaviy VII xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazilgan edi. Anjuman doirasida 3 ta nominatsiya bo'yicha "Yosh olimlar” xalqaro ilmiy-tadqiqotlar tanlovi o'tkazildi.
Yosh olimlar tanlovida umumiy 24 ta taqdimot tinglangan bo'lib, bunda Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Qozog'iston davlat tibbiyot institutlarining yosh olimlari ishtirok etdilar. Tanlov natijalariga ko'ra quyida ism-shariflari keltirilgan tanlov ishtirokchilari o'rinli nomzodlar deb topildi.
1-o'rin: Samarqand davlat tibbiyot universiteti - A.Akbarov
2-o’rin: Toshkent farmasevtika instituti - O.Qodirova
3-órin: Buxoro davlat tibbiyot universiteti - B.Samadov
G'oliblar Toshkent farmatsevtika instituti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha I prorektor I.R.Sagatov hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot bo'limini tashkil etish bo'limi boshlig'i I.B.Shermatova tomonidan taqdirlandilar.