Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-04-19 10:46:50
  • 6 comments
Toshkent farmasevtika instituti huzuridagi Tovoqsoy ko‘p tarmoqli texnikumiga Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashrifi

 

2021 yilning 17 aprel kuni Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti B.A.Abduraxmonov va katta o‘qituvchi A.S.Baydullaevlar Toshkent farmasevtika instituti huzuridagi Tovovqsoy ko‘p tarmoqli texnikumiga tashrif buyurishdi.

Texnikum rahbari M.K.Kurganova, o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Artikovalar boshchiligida texnikum o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Kafedra dotsenti B.A.Abduraxmonov texnikumning “Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish” va “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishlarining o‘quvchilariga matematika fanidan “Matematika fanining hayotda tutgan o‘rni” mavzusida va katta o‘qituvchi A.S.Baydullaev “Kompyuter injiniring” yo‘nalishi o‘quvchilari uchun Axborot texnologiyalari fanidan “Raqamli texnologiyalarning inson hayotidagi o‘rni” mavzularida mahorat darslari olib borishdi.

Dotsent B.A.Abduraxmonov va katta o‘qituvchi A.S.Baydullaevlar o‘z sohalari bo‘yicha talabalarga Buyuk allomalarimizdan ibrat olishga va ularning boy meroslari orqali o‘zlarini ilmiy dunyo qarashlarini shakllantirishga, jamiyat taraqqiyotiga munosib xizmat qiladigan, yetuk ma’naviyatli shaxslar bo‘lib yetishishlariga o‘z fikrlari orqali maslahatlar berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga aniq ravshan javoblar olishdi.

Shu bilan birgalikda tashrif yakunida texnikum va “Fizika, matematika va AT” kafedrasi o‘rtasida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yish, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan reja asosida mahorat darslari o‘tkazilishini tashkil etish, texnikumga o‘quv dasturlari, o‘quv materiallari bo‘yicha kafedra tomonidan doimiy o‘quv-uslubiy yordam berishni yo‘lga qo‘yish, texnikum o‘quvchilarini ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazishda kafedra tomonidan amaliy yordam tashkil etish masalalari bo‘yicha qo‘shma qarorlar qabul qilindi.

 

  

  

  

Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

Taklif va mulohazalaringizni jonating