Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-06 14:48:26
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika institutining 1-sonli “Talabalar turar joyi”da, 4-mart kuni soat 16:00 da, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining professor-o’qituvchilari

Toshkent farmatsevtika institutining 1-sonli “Talabalar turar joyi”da, 4-mart kuni soat 16:00 da, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining professor-o’qituvchilari V.R.Haydarov, N.B.Ilxamova, Sh.M.Turaboyev va M.A.Tashmatovalar tomonidan “Nazm va Navo” kechasi tashkil qilindi.

Tadbirda DVST kafedrasining professor-o’qituvchilari X.M.Yunusova, A.D.Tadjieva, S.T.Sharipova, G.R.Raximova, Z.X.Zufarova, Sh.M.Jaloliddinova, D.F.Abdullaeva, 1- va 2-TTJ yashovchi talabalar, Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi dotsenti G.A.Sultonova va institut ARM xodimlari qatnashdilar.

“Nazm va navo” kechasida Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati institutining An’anaviy ijrochilik yo’nalishi 2-kurs talabalari Ro’zmatov Rasuljon va Jo’rayeva Sevaralar o’zlarining diltortar qo’shiqlari bilan ishtirok etdilar.

 

 

DVST kafedrasi

Taklif va mulohazalaringizni jonating