Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-12-11 13:54:05
  • 6 comments
Xalqaro hamkorlik!

Xorijiy OTM larda seminar mashg‘uloti o‘tkazish  maqsadida joriy yilning 8-9 dekabrь kunlarida “Farmakognoziya” kafedrasi dotsenti M.T Yulchiyeva, F.M Dusmuratova, katta o‘qituvchisi  S.I.Xudayorova Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan M.Auyezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti Tabiiy – pedagogika  fakulteti “Biologiya va geografiya” kafedrasi mudiri Isayev Yerjan Bolыsbekovich va professor - o‘qituvchilari  bilan hamkorlikda  oflayn shaklda

2-3-4 bosqich talabalariga 10 soatdan biologiya, farmatsevtik botanika va dorivor o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi fanlaridan  ma'ruza, seminar mashg‘ulotlari  olib borishdi.

        Kafedra professor o‘qituvchilari tamonidan olib borilgan ma'ruza, seminar mashg‘ulotlari yuqori saviyada o‘tkazilgan bo‘lib, talabalar va professor o‘qituvchilarda yaxshi ta'surot qoldirdi. Kafedra o‘qituvchilari  “Biologiya va geografiya” kafedrasi prfessor o‘qituvchilari bilan o‘zaro tajriba almashinib, u yerdagi o‘quv jarayoni bilan tanishib chiqishdi va yangi metodik ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Hozirgi kunda “Biologiya va geografiya” kafedrasida ikkita mutaxassislik bo‘yicha ilmiy 5V060700-Biologiya, 6V05220-Geografiya va pedagogik 5V011300-Biologiya, 6V01560- Geografiya kunduzgi, kechki va masofaviy o‘qitish bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydi. 6m060700-Biologiya, 7m05220- Geografiya ilmiy va 7m01560- Geografiya pedagogik  mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud. Ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha O‘zbekiston va Turkmanistondan kelgan xalqaro talabalar tahsil olmoqda. Kafedar jamoasi 1 professor,1 fan doktori, 2 falsafa doktori,13 fan nomzodi, dotsentlardan iborat bo‘lib,  mutaxassislarni tayyorlab kelishmoqda.  Kafedra bitiruvchilari ta'lim sohasida – o‘rta, kasb-hunar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, davlat boshqaruvi va atrof-muhitni muhofaza qilish muassasalarida ishlashar ekan.  Tashrif so’ngida professor-o‘qituvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Professor-o‘qituvchilar safari juda qiziqarli o‘tib, taasurotlarga juda boy bo‘ldi







Taklif va mulohazalaringizni jonating