Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston yangi taraqqiyot davrida ta’lim tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Noorganik, fizik va kolloid kimyo” (NFKK) kafedrasi professor-o’qituvchilari Mirobod va Yakkasaroy tumanidagi maktablarning kimyo fani o’qituvchilari uchun malaka oshirish darslarini olib bormoqda. Jumladan, 2021 yil 3 mart kuni NFKK kafedrasi mudiri f.f.d., dots. A.T.Sharipov Mirobod tumanidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari kimyo o’qituvchilari uchun “Eritmalar mavzusiga oid masalalarni yechishda innovatsion yondashuv” mavzusida navbatdagi amaliy dars olib bordi. Malaka oshirish kurslari 36 soatga mo’ljallangan bo’lib, kimyodagi vaziyatli, muammoli masala va testlarni yechishga qaratilgan.