Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-11-29 11:37:41
  • 6 comments
ФАРМАЦЕВТИКА ИШИНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШ” КАФЕДРАСИДА “УСТОЗ ВА МУРАББИЙЛАР” КУНИГА БАҒИШЛАНГАН МАЪНАВИЙ – МАРИФИЙ ТАДБИР

2023 yil 30 sentabr kuni  institutimizdagi Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasida 1- oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan  ma’naviy –marifiy tadbir uyushtirildi. Tadbirda  kafedrada oldin faoliyat ko‘rsatgan faxriy professor-o‘qituvchilardan: “Vaksina va zardoblar” ilmiy-tekshirish instituti direktori A.A. Ashurov, “Qora-qamish dorixonalari” MChJ direktori S.I. Imomov, D.X. Alimova, S.Sh. Zulfitdinova, A.M. Tuxtaeva, T.N. Abramova, D.T. Soipova lar tashrif buyurdilar. Mazkur ma’naviy-marifiy tadbirda institut raxbariyatidan: rektor K.S. Rizaev, prorektorlar I.R. Sagatov va Z.U. Mamatqulovlar ishtirok etdilar.

1939 yilda Farmasevtika ishini tashkil qilish va farmatsiyaning tarixi kursi tashkil etilgan bo‘lib, uni quyidagi rahbarlar boshqargan: L.M. Krutik, M.L. Frimerman, A.D. Iskovich, professor G.Ya. Kogan. 1958 yil 3-7 fevralda Moskvada bo‘lib o‘tgan Butunittifoq ilmiy farmasevtlar jamiyatining Plenumi qaroriga asosan institutning Farmasevtika ishini tashkil qilish kursini Farmasevtika ishini tashkil qilish va iqtisodiyoti kafedrasiga aylantirildi va Toshkent farmasevtika institutining 1958 yil 9 sentabrdagi 594-sonli buyrug‘i bilan e’lon qilindi. Kafedra asoschilaridan biri, farmasevtika fanlari doktori, professor Erkin Raximovich Tashmuxamedov 1957 yildan Toshkent farmasevtika institutining Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, professor va kafedra mudiri lavozimlarida ishlaganlar. 1958 yildan boshlab quyidagi professorlar va dotsentlar kafedrada ish faoliyatini olib borgan: E.N. Jo‘raev, V.A. Zaxarov, A.M. Kamilov, R.Z. Ziyaev, O.S. Isaxodjaev, R.A. Muxamedova, Ye.B. Juravleva va ularni xotiralash  alohida o‘rinlidir.

1958-2023 yillar mobaynida Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasiga professor E.R. Toshmuxamedov, dotsent V.A. Zaxarov, dotsent R.Z. Ziyaev, f.f.n. E.N. Jo‘raev, professor X.S. Zaynutdinov, professor Sh.Z. Umarova va professor N.D. Suyunovlar kafedra mudiri vazifasini bajarib kelishdi. 2023 yil sentabr oyidan boshlab kafedra mudiri vazifasini dotsent M.Ya. Ibragimova bajarib kelmoqdalar. Tadbir boshida kafedra asoschilari faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy videorolik  tayerlanib mehmonlar e’tiboriga xavola etildi. Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasi va mehmonlar ishtirokida kafedraning tarixi, erishilgan yutuqlari va dolzarb muammolar tug‘risida suhbat olib borildi. Tadbir bayramona kayfiyatda o‘tkazildi.


 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating