Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Institutda separatizm, millatchilik va shovinistik harakatlar, din niqobidagi ekstremizm, buyuk davlatchilik, “ommaviy madaniyat”, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka qarshi qaratilgan adovatning avj oldirishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarlik kabi qator ichki va tashqi tahdidlarning oldini olish bo‘yicha Biotexnologiya kafedrasi tashabbusi bilan 1-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida “O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash jamiyat barqarorligining asosi” mavusida targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbirda Biotexnologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Norboeva Risolat Botirovna ishtirok etib, talaba-qizlar o‘rtasida separatizm, millatchilik va shovinistik harakatlar, din niqobidagi ekstremizm, buyuk davlatchilik, “ommaviy madaniyat”, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka qarshi qaratilgan adovatning avj oldirishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarlik kabi qator ichki va tashqi tahdidlar hamda ularning oldini olish choralari yuzasidan talaba-qizlar o‘rtasida yuzma-yuz targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalarning yashash sharoitlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida olib borayotgan amaliy ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Toshkent farmasevtika instituti
Farmatsiya fakulteti Kasbiy ta’lim yo‘nalishi
3 kurs 306 B guruh talabasi
Xashimbaeva Muazzamxon Mirzohid qizi