Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-03-01 19:18:37
  • 6 comments
Institut rektori K.S.Rizaev boshchiligida Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 48 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbar xodimlari va o‘qituvchilari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida 2020 yilning 30 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektori K.S.Rizaev boshchiligida hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 48 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbariyati o‘rtasida “OTM va umumta’lim hamkorlik tizimi samaradorligini yanada mustahkamlash” va “O‘quvchilarni ilm olishga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish” mavzularida ochiq muloqot tashkil qilindi. Tadbirda institut rektori K.S.Rizaev, Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani Z.U.Mamatqulov, Farmakognoziya kafedrasi dotsenti M.A.Xodjaeva, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda Toshkent farmasevtika instituti hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 48- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori D.G.Nabieva ishtirok etdi. Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida  2020 yil 30 oktabrdagi  “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari” muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha maktablar faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning bilimlari va dunyoqarashini yanada oshirish hamda institut va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash xususida to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng, institut rektori K.S.Rizaev maktab faoliyati, o‘quv xonalar, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv adabiyotlar bazasi bilan yaqindan tanishib chiqdi. Tadbirda 10 nafar rahbar xodimlar ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

                                                                                                                                                                            bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating