Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-10-20 13:04:55
  • 6 comments
Dorivor o‘simlik xom ashyosini standartlashda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ishtirokidagi ilmiy anjuman o‘tkazildi.

Toshkent farmasevtika institutining Farmakognoziya kafedrasi tomonidan 2023 yil 19-20 oktabr kunlari “Dorivor o‘simlik xom ashyosini standartlashda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ishtirokidagi ilmiy anjuman o‘tkazildi. Anjuman O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Xolmatov Hamid Xolmatovich tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlandi. Anjumanda Toshkent farmasevtika instituti va mamlakatimizning soha mutaxassislari ishtirokchilarni xalqaro va respublika miqyosida olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishtirdilar hamda o‘zaro tajriba almashdilar. Anjuman ishida chet ellik hamkasblarimiz ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Jumladan:

·        Rossiya - Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Sankt Peterburg kimyo-farmasevtika universiteti, Pyatigorsk tibbiyot va farmasevtika instituti, Ural davlat tibbiyot universiteti ;

·        Ukraina - Lvov Milliy tibbiyot universiteti;

·        Qozog‘iston - Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti, Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi;

·        Qirg‘iziston - Osh Davlat universiteti.

 

Shuningdek, anjumanda professor Xolmatov Hamid Xolmatovichning oila a’zolari va birga ishlagan mehnat faxriylari ishtirok etdilar va ular bilan professor H.X.Xolmatovning yorqin xotirasi esga olindi.

 

Tadbirdan lavhalar:

Taklif va mulohazalaringizni jonating