Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
05.10.2023 yilda Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasiga Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligining, Farmatsevtika tarmog’ini strategik rivojlantirish bo’yicha maslaxatchisi, farm.f.d., dotsent Ganiyeva Xilola Gayratovna tashrif buyurib, dori vositalarini sifatini ta’minlashdagi boshqaruv organlari haqida master-klass o’tkazdi. Dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonidan iste’molchiga yetib borguncha barcha bosqich sifat nazorati haqida talabalarga tushuntirib berildi.