Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasi mudiri f.f.d.dots. Yunusxodjayeva N.A hamda kafedra assistenti D.M. Sarvarovalar 2023 yilning 10-12 may kunlari Qozog’iston Respublikasi Alma-Ata shaxridagi dunyoning eng nufuzli 1000 talikga kirgan Al-Farobi nomidagi Qozog’iston davlat Universitetiga tashrif buyurishib, bir qator anjumanlarda ya’ni akademik Ye.M.Shayxutdinovning 90-yoshli yubileyiga bag’ishlangan «СОВРЕМЕННЫЕ ТРЕНДЫ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ И НАУКИ В ОБЛАСТИ ХИМИИ И ХИМИЧЕСКОЙ ИНЖЕНЕРИИ» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o’z dokladlari bilan ishtirok etishdi. Kimyo va kimyo texnologiyasi kafedrasi mudiкi prof. G.S. Irmuhametova va dotsent L.E. Аgibayevalar tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Bundan tashqari universitetning kimyo va kimyo texnologiya hamda farmatsiya fakultetlari bakalavr va magistr talabalari uchun o’z ma’ruza va master-klasslarni o’tkazishdi.