Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-02-25 17:55:19
  • 6 comments
Toshkent farmatsevtika instituti NFKK kafedrasi professor o’qituvchilarining Mirobod tumanidagi 294 chi va 94-maktablarga tashrifi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijalarini oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi  PQ-4805 sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 25 fevral  kuni Toshkent farmatsevtika instituti NFKK kafedrasi professor o’qituvchilari 294-maktabga navbatdagi tashrifini amalga oshirdilar. Tashrif chog’ida kafedra professori, institut ichki monitoring boshlig’i  K.A.Chulpanov ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lidagi samarali mehnatlari uchun maktab direktori M.I.Egamberdiyeva va kimyo o’qituvchisi Yo.X.Rajabovaga institut rektori tomonidan berilgan fahriy yorliqni topshirdilar. Kafedra tomonidan maktabga amaliy yordam sifatida   kimyoviy reaktivlar taqdim etildi. Shuningdek, tashrif davomida prof. K.A.Chulpanov tomonidan “2 gurux elementlari  va suvning qattiqligi” mavzusi bo’yicha mahorat darsi o’tildi. Darda kafedra katta o’qituvchilari D.A.Muxammadiyeva, F.R.Jumaboyev va farmatsiya fakulteti 214-gurux talabasi O.M.Baxtiyorov ham ishtirok etdilar. So’ngra Mirobod tumanidagi 94-maktabga tashrif amalga oshirildi va u maktab ham kimyoviy reaktivlar bilan ta’minlandi.  

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating