Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-04-19 06:30:09
  • 6 comments
Toshfarmi professor - o‘qituvchilari dunyo rеytingida 150 - o‘rindа turadigan univеrsitеtda ma'ruza olib borishdi

Toshkent farmatsevtika instituti,  Noorganik, fizik va kolloid kimyo  kafеdrasi professor-o‘qituvchilari: farmatsevtika fanlari doktori, professor M.M.  Rahmatullaeva va biologiya fanlari nomzodi, dotsent B.J. Azimovalar 13.04.2023 - 15.04.2023 kunlari Al-Farobiy nomidagi Qozog`iston Milliy Univеrsitеtining Fizikaviy kimyo, kataliz va neft kimyosi kafedrasiga tashrif buyurib, “Farmatsevtika ishlab chiqarish texnologiyasi”  yo`nalishi talabalari uchun “Fizik kimyo” fanidan (12 soat) maʼruza mashg`uloti olib bordilar.

Shuni ta'kidlash kerakki, Al-Farobiy nomli Qozog`iston Milliy Univеrsitеti, University Rankings xalqaro reyting agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra 2022-o‘quv yilida dunyo universitetlari orasida 150-o‘rinni egalladi. Shu kabi yetakchi universitetlar bilan hamkorlik yangi tadqiqot imkoniyatlarini ochib beradi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating