Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 19 oktabr kunidagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yilning 23 oktabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 19 oktabr kunidagi PQ-8465-son qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 553-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Apparat Kengashining 2021 yil 9 fevral kunidagi kengaytirilgan majlisining 5-son bayoni qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmasevtika instituti Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi tashabbusi bilan Talabalar turar joyida “Kafedra kuni” doirasida 1-sonli Talabalar turar joyida “Navoiy va zamonamiz” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldoshev “Navoiy asarlarida yoshlar ta’lim-tarbiyasi”, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti f.f.n. O.Oxunjonova “Alisher Navoiy sharq Renessansining yirik namoyandasi, buyuk shoir va mutafakkir”, FITQ kafedrasi mudiri Sh.Z.Umarova “Yoshlarni ajdodlar merosiga sadoqat ruhida tarbiyalash” hamda kafedra dotsenti G.Sultonova “Navoiy she’riyati” mavzularida targ‘ibot ishlari olib borildi. Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
Farmatsevtika ishini tashkil qilish
kafedrasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlarga mas’ul I.N.Musaxodjaeva