Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-04-14 10:03:51
  • 6 comments
Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 301-A va 302-A guruh talabalari O‘zR FA Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot institutining filialiga tashrif buyurildi.

2023 yil  11 aprel kuni  Toshkent farmasevtika instituti, Biotexnologiya  kafedrasi dotsenti v.v.b. N.A.Abzalova rahbarligida  Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs  301-A va 302-A guruh talabalari bilan O‘zR FA Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot institutining filialiga tashrif buyurildi. Institut katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari nomzodi Alimova Barno Xasanovna Bakteriologiya, Gen muhandisligi, Probiotiklar mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi  laboratoriyalarining ish faoliyati  bilan tanishtirdilar.

Laboratoriyalardagi zamonaviy asbob-uskunalarning ishlash printsiplari mutaxassislar tomonidan batafsil  tushuntirildi. Ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma`lumot berildi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbollari muhokama qilindi. Ttalabalarni qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating