Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2023 yilning 6 aprel kuni soat 9:30 da Biotexnologiya kafedrasi “Dorivor o’simliklar biotexnologiyasi” mutaxassisligi 2-kurs magistr talabasi G.X.Abduraxmanovaning «Farmatsevtik injiniring» fanidan «Modda almashinish jarayonlarida diffuziya koeffitsientini aniqlash» mavzusida sanoat farmatsiya yo’nalishi 3-kurs talabalariga ochiq darsi bo’lib o’tdi. Ushbu mashg’ulotda “Biotexnologiya” kafedrasi mudiri Usmanova Z.U. va kafedra hodimlari qatnashdilar. Ochiq mashg‘ulotda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan video ma’ruza usullaridan foydalanildi. Mavzu haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Dars yakunida talabalar bilimi savol-javob tarzida nazorat qilindi.
Xulosa qilib aytganda, G.X.Abduraxmanova tomonidan o’tilgan amaliy mashg’ulot mazmun va sifati jihatidan barcha talablarga to‘liq javob beradi. Ma’ruza qiziqarli muloqot va muhokama tarzida olib borildi.
«Biotexnologiya» kafedrasi