Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-04-08 11:36:20
  • 6 comments
Toshkent farmasevtika instituti talabalari O‘zR FA Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

2023 yil  4 aprel kuni  Toshkent farmasevtika instituti, Biotexnologiya  kafedrasi dotsenti v.v.b. N.A.Abzalova rahbarligida  Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs  301-A va 302-A guruh talabalari bilan O‘zR FA Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurildi. Institut bilan shartnoma asosida hamkorlik bo‘yicha yoshlar bilan ishlash  mas’ul Xusanov Toxir Sunnatovich Enzimologiya, Sanoat mikrobiologiyasi, Molekulyar biologiya, Atrof-muhit biotexnologiyasi, Probiotiklar laboratoriyasining ish faoliyati  bilan tanishtirdilar.

“Biofaol moddalar texnologiyasi” fanidan “Antibiotiklarning produsentlarini izlash va tavsiflash” mavzusiga  oid mutaxassislar tomonidan  ma’lumotlar berildi, xususan, antibiotiklarni (aktinomitsetlar) ajratib olish uchun produsentlarni tayyorlash jarayoni kuzatildi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbollari muhokama qilindi.

 

 




 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating