Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-04-05 11:53:44
  • 6 comments
Biotexnologiya kafedrasi “Dorivor o`simliklar biotexnologiyasi” mutaxassisligi 2-kurs magistr talabasi N.S.Otajonovaning «Biofaol moddalar texnologiyasi» fanidan «Fuzid kislotasining sifat va miqdoriy tahlilini o`rganish » mavzusida o’tkazgan ochiq darsi

2023 yilning 31 mart kuni soat 13:00 da Biotexnologiya kafedrasi Dorivor o`simliklar biotexnologiyasi” mutaxassisligi 2-kurs magistr talabasi N.S.Otajonovaning «Biofaol moddalar texnologiyasi» fanidan «Fuzid kislotasining sifat va miqdoriy tahlilini o`rganish » mavzusida  Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnologiya yo’nalishi 3-kurs 303-A guruh  talabalariga ochiq darsi bolib otdi. Ushbu ma’ruzada “Biotexnologiya” kafedrasi mudiri Usmanova Z.U. va kafedra xodimlari qatnashdilar. Ochiq mashg‘ulotda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan video ma’ruza usullaridan foydalanildi. Mavzu haqida  qiziqarli ma’lumotlar berildi. Dars yakunida talabalar bilimi savol-javob tarzida nazorat qilindi.

Xulosa qilib aytganda, N.S.Otajonova tomonidan o’tilgan amaliy mashg’ulot mazmun va sifati jihatidan barcha talablarga to‘liq javob beradi. Ma’ruza qiziqarli muloqot va muhokama tarzida olib borildi.

«Biotexnologiya» kafedrasi

Taklif va mulohazalaringizni jonating