Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2023 yil 25 mart soat 20.00 da farmakognoziya kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori Farmanova N.T. Osh Davlat tibbiyot universiteti (Qirg’ziston) farmatsiya yo’nalishi kechki bo’lim talabalari uchun “Dorivor o’simliklar resursshunosligi” fanidan “Ekologiyani dorivor o’simliklar sifatiga ta’siri” mavzusida ma’ruzasi o‘qidi. Ma'ruza onlayn formatda bo'lib o'tdi. Ma'ruzada ekologik muammolar, dorivor o’simliklar sifatiga ta’sir etadigan antropogen omillar, ularni tarkibida uchraydigan metallar, radionuklidlar, pestisidlar hamda ekologik toza xom ashyoni tayorlash va o’simliklarni endoekologik ta’siri to‘g‘risida so‘z yuritildi.