Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedasi va Аl’-Farobi nomidagi Qozog’iston Milliy universiteti "Pedagogika va ta'limni boshqarish" kafedrasi o’rtasida 2022 yil may oyida o’quv-ilmiy shartnoma tuzilgan edi. Ushbu shartnomaga asosan hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Аl’-Farobiy nomidagi Qozog’iston Milliy universiteti "Pedagogika va ta'limni boshqarish" kafedrasida 17.02.2023 yilda bo’lib o’tgan professor Sharkul Taybayevnaning 75 yillik yubileyiga bag’ishlangan “Uzluksiz ta’lim tizimidagi pedagoglarni ilmiy madaniyati” xalqaro ilmiy- amaliy konferensiyasi bo’lib o’tti. Konferensiyaga Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedasi professori F.S. Jalilov, dotsentlar I.M.Iminova, A.M. Ernazarov va farmatsevtik kimyo kafedrasi assistenti M.M.Mamajalilova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o`qituvchilari B.X.Boltayeva, G.F.Xoshimova, O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi v.b.dotsenti A.Raxmanova, katta o`qituvchi T.Axmedovalar o’z ma’ruzalari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Shuningdek, konferensiyaga Qozog’iston, Rossiya, O’zbekiston va boshqa davlatlar oliygohlaridan professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.