Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
“Toshkent farmatsevtika institutida 2020-2021 o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 6-bandi hamda “Teatr – tarbiya maskani”, “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida institut talabalari hamda murabbiylar O‘zbek Milliy Akademik drama teatriga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida guruh murabbiylari boshchiligida yoshlar qalbida milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni yanada kuchaytirishda madaniyat va san’at sohasining, xususan, teatr va kino san’ati hamda muzeylarning roli nihoyatda muhimligi qayd etildi. Shundan so‘ng “O‘tkan kunlar” nomli spektakl namoyish etildi.
Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat
bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova