Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-02-16 08:12:40
  • 6 comments
Tadbir. 14 fevralga

“Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti” kafedrasi Mirzo Ulug’bek tumani 211-187-343-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablar o‘rtasida   hamkorlik ishlarini  davom ettirib kelmoqda. Kuni kecha 211-187-343-maktablarning 7-8-9-10-11 sinf o’quvchilari tomonidan  “Buyuk ikki siymo”,“Bir asrning ikki buyuk dahosi” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.  Tadbirda FIChTQvaSM kafedrasi professor-o’qituvchilaridan  professor kafedra mudiri N.A.Yunusxodjayeva, dotsentlar G.M.Ismoilova, O.M.Ernazarov, M.I. Iminova, D.T.Gaipnazarova va assistentlar Yo.T.Saidkarimova, M.Sh.Olimjonova Z.M.Boboyevlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan ikki buyuk she’riyat sultoni  Z.M.Bobur va A.Navoiy qalamiga mansub vatanparvarlik tuyg‘ularning  tarannumi, ota-onaga hurmat, muhabbat, yurt sog‘inchi, ona tabiat ne’matlari, bolalar o’rtasida do’stlik haqida ruboiy va g‘azallaridan parchalar rus, inglis va o’zbek  tilida o’qildi.  Maktab o’quvchilari tomonidan  Z.M.Bobur ijodidan  qisqa sahna ko’rinishlaridan  parchalar qo’yildi. Kafedra xodimlaridan G.M.Ismoilova, O.M.Ernazarovlar “Bir asrning ikki buyuk dahosi” bo’lgan shoirlarning ga’zal sherlaridan o’qib berishdi.  Tadbirda o’quvchilar  bir asrning ikki buyuk dahosining ijodi va hayoti bilan tanishdilar.

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating