Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-02-15 13:34:37
  • 6 comments
Tadbir!

Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari 14-fevral – Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan 1-kurs Farmatsiya va Sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari uchun qator tadbirlar o’tkazdilar. Zahiriddin Bobur o’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.

Tadbir jarayonida talabalar bilan qiziqarli suhbat o’tkazildi. O’qituvchilar tomonidan berilgan savollarga talabalar ko’tarinki ruhda javob berib, Bobur qalamiga mansub asarlardan namunalar keltirdilar.

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating