Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
“Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti” kafedrasida 9-fevral Buyuk she’riyat sultoni Alisher Navoiyning tavallud topgan kunining 582-yilligi munosabati bilan sanoat farmatsiya yo’nalishi 3-kurs talabalari va farmatsiya yo’nalishi 5-kurs talabalari o’rtasida “Navoiy siymosi va asarlari talabalar orasida” mavzusida suhbat – trening tadbiri o’tqazildi. Tadbirda kafedra mudiri N.A.Yunusxodjayeva va kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar. N.A.Madatova, D.V.Sarvarova, U.G’.Mustafayev va Yo.T.Saidkarimovalar talabalarga A.Navoiy ijodi va hayoti haqida ma’lumot berishdi, she’riy g’azallaridan she’rlar o’qildi. Suxbat davomida Yo.T.Saidkarimova talabalarga A.Navoiy ijodi va hayoti yuzasidan savollar berdi. Alisher Navoiy oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir. O’tkazilgan tadbir talabalar uchun juda qiziqarli o’tdi.