Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2023-01-23 09:05:39
  • 6 comments
E’LON!

Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyida oquv jarayonlarining an’anaviy tarzda boshlanganligi o’quv xonasi holati togrisidagi https://t.me/NazoratUzOfficial telegram tarmog’ida joriy yilning 23 yanvarida berilgan  xabar  yuzasidan  rasmiy munosabat:

 

        Ma’lumki, ijtimoiy tarmoq va rasmiy kanallarda joriy yilning 23-yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishi e’lon qilingandan  keyin, Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyda ham o’quv jarayonini boshlashdan avval litsey binosi va oquv xonalarida harorat tekshirib  korildi  va  issiqlik darajasi binoning  oftobga  qaragan  tomonida  16,1-16, 5 ni, oftobga  teskari  bolgan  tomonida esa 15,4-15,7 tashkil etdi. Toshkent farmatsevtika instituti akademik litsey binosi Olmazor tuman markazlashgan issiqlik tizimi yordamida isitiladi.  O’quv jarayonini olib borish uchun akademik litseyda xona harorati talabga javob beradigan xonalar saralab olindi va odatiy kabinet tizimining o’rniga vaqtincha guruhlar kun davomida muayyan bitta xonada dars o‘tishlari belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, ma’lum qilamizki, tarmoqda tarqatilgan videorolikda aks etilgan holatdagi o’quv xonasi akademik litseyda mavjud emas.

Hozirgi vaqtda institut akademik litseyida o’quv jarayonini olib borish uchun issiqlik harorati talab etilgan me’yorlar darajasida.

        Shu orinda eslatib o’tamizki, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi 267-son «Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko`rib chiqish va ishlab chiqish to`g`risida»gi (Ozbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toplami, 2000 y., 7-son, 39-modda) va 2010 yil 20 iyuldagi 153-son «Mehnatni muhofaza qilish boyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish togrisida»gi (Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toplami, 2010 y., 28-29-son, 234-modda) qarorining 11 bo’lim 66   band talablariga  ko‘ra, ta’lim muassasalarining oquv xonalarida mashgulotlar otkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq havo harorati 16 ºC dan past bolmasligi belgilab qo’yilgan. Shu munosabat bilan akademik litseyda o‘quv jarayonlarini an’anaviy tarzda boshlashga qaror qilindi.

Taklif va mulohazalaringizni jonating