Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2022-12-19 07:54:06
  • 6 comments
Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmakognoziya kafedrasi hamda M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog`iston Davlat universiteti va Janubiy Qozog`iston Tibbiyot akademiyasida akademik almashinuv.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida institut professor-oʼqituvchilarini akademik almashinuvini tashkil etish hamda xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirokini ta`minlash to`g`risida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-3775-sonli hamda 2019-yil 6 maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4310-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini toʼlaqonli bajarish maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti rektorining 18.11.2022 y 655-sonli buyrug`iga asosan  farmakognoziya kafedrasi mudiri, k.f.d. N.T.Farmanova 5 dekabrdan 11 dekabrgacha dunyoning Top-1000 reytingidan o`rin egallagan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog`iston Davlat universiteti va Janubiy Qozog`iston Tibbiyot akademiyasida  ma`ruza va seminar mashg`ulotlari o’tkazildi. Shuningdek, 2022 yilning 8-9 dekabr kunlari Janubiy Qozog`iston Tibbiyot akademiyasida o`tkazilgan “Перспективы развития биологии, медицины и фармацииxalqaro ilmiy konferensiyada xalqaro anjumanda moderator sifatida ishtirok etildi.

Farmakognoziya kafedra mudiri N.T.Farmanova «Природные лекарственные средства и перспективы их применения» sho`basida ma`ruza bilan va moderator sifatida faoliyat yuritdi.

Farmakognoziya kafedrasi mudiri Farmanova N.T, kafedra assistenti Ibragimova D.M va kafedra iqtidorli 4 bosqich kasbiy ta’lim yo’nalishi talabasi Kuranbayeva M.D  2022 yilning 8-9 dekabr kunlari Janubiy Qozog`iston Tibbiyot akademiyasida o`tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar.

Talaba Kuranbayeva M.D  ”Lophanthus anisatus Benth.(Lamiaceae) bargining morfologo-anatomik tuzilishi” mavzusida ma’ruzasi bilan konferensiyada “Eng yaxshi ma’ruza” diplomi bilan taqdirlandi.

 

               

               

               

               

               

Taklif va mulohazalaringizni jonating