Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2022 yil 13 dekabr kuni soat 8.30 da Biotexnologiya kafedrasining 404-a auditoriyasida kafedra dotsenti v.v.b. N.A.Abzalova tomonidan Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs, 301-A guruh talabalari uchun “Biofaol moddalar texnologiyasi” fanidan "Koramol shirdonidan pepsin ajratib olish" mavzusida laboratoriya mashguloti buyicha ochik dars bo‘lib o‘tdi. Ochiq dars davomida hayvon xom ashyosidan proteolitik fermentlarni olish texnologiyasi, texnologik jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari, defrostatsiya jarayonining ahamiyati, pepsin fermentining preparatlarini olinishi to‘g‘risida so‘z yuritildi. O‘quv mashg‘uloti davomida “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Bumerang” pedagogik texnologiyalaridan foydalanildi. Ochiq darsda Biotexnologiya kafedrasi mudiri Z.U.Usmanova, dotsent Sh.M.Madraximov, dotsent v.v.b. X.A.Ubaydullaeva va D.T.Arifdjanova, katta o‘qituvchi S.R.Xadjimetova, Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi S.A.Maqsudovalar ishtirok etishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkazildi. Ochiq dars qizg‘in va muzokaralarga boy bo‘ldi.