Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-02-11 23:47:56
  • 6 comments
Institut talabalari hamda murabbiylar Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrga tashrif buyurishdi

 

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda O‘zbekiston yoshlari forumidagi ma’ruzasida yoshlarimizning ilm-ma’rifatga intilishini rag‘batlantirish, xususan institutda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yish, ma’naviy poklik, qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.        Davlatimiz rahbari yoshlar qalbida milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni yanada kuchaytirishda madaniyat va san’at sohasining, xususan, teatr va kino san’ati hamda muzeylarning roli nihoyatda muhimligini doimiy ravishda ta’kidlab kelmoqdalar. Shuning uchun, madaniyat va san’at maskanlaridan, ayniqsa teatr, kino va muzeylar imkoniyatlaridan yoshlar tarbiyasida keng foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6000 – son farmonida ham talabalarni teatr, kino, muzey va boshqa madaniyat muassasalariga keng jalb qilish vazifasi belgilangan.

         “Toshkent farmatsevtika institutida 2020-2021  o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan  ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar  rejasi”ning 6-bandi hamda “Teatr – tarbiya maskani”, “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida institut talabalari hamda murabbiylar Muqimiy  nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida guruh murabbiylari boshchiligida yoshlar qalbida milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni yanada kuchaytirishda madaniyat va san’at sohasining, xususan, teatr va kino san’ati hamda muzeylarning roli nihoyatda muhimligi qayd etildi. Shundan so‘ng “Ayyorgina ayollar” nomli spektakl namoyish etildi.

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating