Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Joriy yilning may oyida Toshkent farmatsevtika instituti va al- Farobiy nomidagi Qozogʼiston Milliy universiteti oʼrtasida oʼquv va ilmiy ishlar boʼyicha oʼzaro shartnoma tuzilgan edi. Shartnomaga asosan, Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasiga al- Farobiy nomidagi Qozogʼiston Milliy universitetining Pedagogika va taʼlim menejmenti kafedrasi mudiri pedagogika fanlari nomzodi, professor Аlgojaeva Nursulu Seytkerimovna va katta oʼqituvchi Murzagulova Meyramgul Daurenbekovnalar tashrif buyurdilar. Ular 2022 yil 24-26 noyabr kunlari 2 kurs magistratura 70911001 -Farmatsevtikada sifatni taʼminlash va sifat nazorati mutaxassisligi boʼyicha "Maxsus fanlarni oʼqitish uslubiyati" fanidan «Maxsus fanlarni oʼqitishda interaktiv texnologiyalardan foydalanish» mavzusida, 4 kurs sanoat farmatsiya yoʼnalishi talabalariga “Interaktiv taʼlim berish usullari” mavzusida kafedra mudiri N.А.Yunusxoʼjaeva va kafedra dotsentlari I.M.Iminova, F.S. Jalilov va kafedra professor- oʼqituvchilari bilan integral maʼruza va amaliy mashgʼulot darslarini olib bordilar. Talabalar katta qiziqish bilan darsga qatnashdilar va oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.