Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
“Toshkent farmasevtika institutida 2020-2021 o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 37-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 31 dekabr kunidagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi muzeylar, tarixiy maskanlar hamda “Qatag‘on qurbonlari hotirasi muzeyi”, G‘alaba bog‘i, Adiblar xiyobonida o‘quv amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish maqsadida Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilar tashabbusi bilan “Ona yurtim maskanlari: urf-odatlar, udumlar va qadriyatlar!” mavzusida talabalar milliy sayli tashkil etildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida “Ajdodlar merosi bebaho” shiori ostida ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari 1-kurs talabalari bilan “G‘alaba muzeyi”da o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etdi. O‘quv amaliy mashg‘ulot jarayonida talabalar o‘rtasida vatanparvarlik mavzularida targ‘ibot ishlari olib borildi hamda Vatan uchun qalqon bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonlarining mardligi-yu, shijoati yuzasidan qiziqarli targ‘ibot ishlari olib borildi.
Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat
bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova