Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
Tarixiy qadamjolar o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongi va shuurida insoniylik fazilatlarini qaror toptirishga, ularning ma’naviy olamini kengaytirishga katta hissa qo‘shadi. Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy hamda madaniy merosga hurmat, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda alohida e’tibor bilan qaralayotgan muhim masalalar sirasiga kiradi. Institut Farmatsiya va Sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari Toshkent shahrida joylashgan “Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi”, “Davlat geologiya muzeyi”, “Qatog‘on qurbonlari xotirasiga davlat muzeyiga” tashriflari tashkillashtirildi.
Talabalar muzeyda tashkil qilinga eksponatlarga boqar ekan, ota-bobolarimizning qanchalik zahmatli mehnati borligiga yana bir bor amin bo‘lishdi. Ayniqsa, muzeydagi ba’zi eksponatlar talabalar qalbida shu davrning odamlari gavdalandi. Muzey xodimlari u yerda saqlanayotgan tarixiy ashyolar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli ma’lumotlarni olishdi.
Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat
bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova