Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2022-07-05 07:15:03
  • 6 comments
E’LON

Ona vatan deganda, barchamiz farzandlik burchimizni his qilmog‘imiz kerak. Onaning boshqalardan ko‘ra ko‘proq yoki kamroq suygan farzandi bo‘lmagani kabi, Vatan uchun ham yaxshi yoki yomon farzand yo‘q. To‘g‘riroq aytadigan bo‘lsak Vatan uchun barcha bir xil maqom va huquqga ega.

Bir farzandning dardi butun oilaning dardi deganidek, yurtimizda Orol fojiasiga befarq bo‘lgan inson topilmasa kerak. Barcha birdek mazkur ekologik fojiani, yo‘qotilgan ulkan boyligimiz deya bot-bot eslashadi. Shu o‘rinda qoraqalpoq halqining mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ro‘y bergan har qanday tabiiy va texnogen muammolariga befarq emasligi, lozim bo‘lsa ushbu hudud ahliga yordam berishga shoshilishi bilan eʼtirofga sazovor.

Shuning o‘zi, bir Ona, bir Vatanning farzandi ekanligimizning yaqqol isbotidir.

Prezidentimizning Qoraqalpog‘istondagi holatdan xabar topishlari bilanoq, 2 iyul kuni Nukus shahriga shaxsan uchib borganlari va u yerda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashib, fitnaning oldini olish va bosh qomusimiz bo‘lgan - Konstitutsiyamizning negizida avvalo fuqarolarning manfaati yotganligini taʼkidlab o‘tganlarining guvohi bo‘ldik.

Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev

Taklif va mulohazalaringizni jonating