Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 30 oktabr kunidagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmonining hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yilning 5 noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 30 oktabr kunidagi PF-6099-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida”gi 575-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida institut O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda Farmakologiya va klinik farmatsiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Sportni sev – sport bilan yasha” shiori ostida sportning stol tenisi, estafeta, voleybol va arqon tortish turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqa shartlariga ko‘ra kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zaro bellashdilar va mazku sport musobaqasida o‘qituvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanib borishlari inson salomatligiga ijobiy ta’siri naqadar katta ekanligi keng targ‘ib etildi. Musobaqa turlari bo‘yicha g‘oliblar keyingi turlarda ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat
bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova