Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Raspublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyndagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli hamda 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini to‘laqonli bajarish uchun institut professor - o‘qituvchilarni OTM larda seminar mashg‘uloti o‘tkazishni tashkillashtirish maqsadida joriy yilning 6-iyundan 8-iyunga qadar vaqt oralig‘ida “Farmakognoziya” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.M.Alikarieva va assistent S.I.Xudayorova Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi professori b.f.d. T.U.Raximovani institutga taklif qilib, ular farmasevtik botanika va ekologiya fanlaridan hamkorlikda oflayn shaklda 2-bosqich talabalariga 14 soat ma’ruza, seminar mashg‘ulotlari olib borishdi.
Biologiya, botanika va ekologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan, O‘zbekistondagi cho‘l va adir o‘simliklarining ekologiyasini aniqlagan olimalardan biri Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi professori b.f.d. T.U. Raximovadir. O‘zbek olimasi o‘z fanlarining yetuk mutaxassi bo‘lish bilan birga, ko‘plab shogirdlar yetishtirishgan, o‘z sohalari bo‘yicha 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, kitoblar yozgan.
Mashg‘ulotlar olib borish jarayonida T.U. Raximova o‘zlarini hayot ijodlari haqida talabalarga so‘zlab berdilar. Bundan tashqari T.U. Raximova mashg‘ulotlar o‘tish jarayonida lirik chekinish qilib, o‘z qalamlariga mansub bir qancha she’rlarni talabalarga o‘qib berdilar.
O‘zbekiston Milliy Universiteti Ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi professori b.f.d. T.U. Raximova tamonidan olib borilgan ma’ruza, seminar mashg‘ulotlari yuqori saviyada o‘tkazilgan bo‘lib, talabalar va professor o‘qituvchilarda yaxshi ta’surot qoldirdi. Farmakognoziya kafedra o‘qituvchilari T.U. Raximova bilan o‘zaro tajriba almashinib, yangi metodik ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.