Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
O‘zbekiston Raspublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyndagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli hamda 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini to‘laqonli bajarish hamda institut professor - o‘qituvchilarni xorijiy OTM larda seminar mashg‘uloti o‘tkazish maqsadida joriy yilning 2-iyundan 4-iyunga qadar vaqt oralig‘ida “Farmakognoziya” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.M.Alikarieva va assistent S.I.Xudayorova Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti Tabiiy – pedagogika fakulteti “Biologiya va geografiya” kafedrasi mudiri Isaev Yerjan Bolыsbekovich va professor - o‘qituvchilari bilan hamkorlikda oflayn shaklda 2-bosqich talabalariga 14 soat biologiya, farmasevtik botanika fanlaridan ma’ruza, seminar mashg‘ulotlari olib borishdi.
Kafedra professor o‘qituvchilari tamonidan olib borilgan ma’ruza, seminar mashg‘ulotlari yuqori saviyada o‘tkazilgan bo‘lib, talabalar va professor o‘qituvchilarda yaxshi ta’surot qoldirdi. Kafedra o‘qituvchilari “Biologiya va geografiya” kafedrasi prfessor o‘qituvchilari bilan o‘zaro tajriba almashinib, u yerdagi o‘quv jarayoni bilan tanishib chiqishdi va yangi metodik ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Hozirgi kunda “Biologiya va geografiya” kafedrasida ikkita mutaxassislik bo‘yicha ilmiy 5V060700-Biologiya, 6V05220-Geografiya va pedagogik 5V011300-Biologiya, 6V01560- Geografiya kunduzgi, kechki va masofaviy o‘qitish bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydi. 6m060700-Biologiya, 7m05220- Geografiya ilmiy va 7m01560- Geografiya pedagogik mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud. Ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha O‘zbekiston va Turkmanistondan kelgan xalqaro talabalar tahsil olmoqda. Kafedar jamoasi 1 professor,1 fan doktori, 2 falsafa doktori,13 fan nomzodi, dotsentlardan iborat bo‘lib, mutaxassislarni tayyorlab kelishmoqda. Kafedra bitiruvchilari ta’lim sohasida – o‘rta, kasb-hunar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, davlat boshqaruvi va atrof-muhitni muhofaza qilish muassasalarida ishlashar ekan.
“Farmakognoziya” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.M.Alikarieva va assistent S.I.Xudayorova Biologiya yo‘nalishi baklavriat ta’lim bosqichi bitiruvchi talabalariga DAK a’zolari sifatida ishtirok etishdi. Bitiruv imtixonlari kafedra jamoasi va bitiruvchilar tamonidan professional darajada tashkillashtirilganligiga guvox bo‘lindi.
2012 yildan boshlab kafedra talabalari uchun issiqxona va tajriba maydoni ochilgan ekan. Ushbu maydonni ham professor o‘qituvchilar ko‘zdan kechirishdi. Bundan tashqari D.M.Alikarieva va S.I.Xudayorova shaxarninig diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lishdi.
Tashrif so‘ngida D.Alikarieva va S.Xudayorova Universitet tomonidan sertifikat va kitoblar bilan taqdirlandilar.
Professor-o‘qituvchilar safari juda qiziqarli o‘tib, taasurotlarga juda boy bo‘ldi.