Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2021-02-05 21:27:31
  • 6 comments
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab, “O‘zbek xalqining faxr va iftixori, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 19 oktabr kunidagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yilning 23 oktabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 19 oktabr kunidagi PQ-8465-son qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 553-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida  2021 yil 5 fevral kuni Toshkent farmasevtika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan institut professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “O‘zbek xalqining faxr va iftihori, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy”, “Alisher Navoiy asarlarida insonparvarlik g‘oyalarining targ‘ib etilishi” mavzularida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, “Oltin qalam” sohibi, shoir Dilshod Rajab, O‘zbekiston Yozuvchilar  uyushmasi a’zosi Zikrilla Ne’matYunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti An’anaviy xonandalik kafedrasi dotsenti Karimova Maxfuza va An’anaviy cholg‘uchilik kafedrasining cholg‘uchilar ansambili, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Toshkent farmasevtika instituti iqtidorli talabalari va institut “Badiiy to‘garak” xodimi Ro‘zmatov Rasuljon ishtirok etdi. Tadbirda Navoiy asarlarining tahlili, shoir ijodida insonparvarlik, vatanparvarlik, yoshlar ta’lim-tarbiyasining targ‘ib etilishi yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Toshkent farmasevtika instituti iqtidorli talabalari tomonidan Navoiy qalamiga mansub g‘azallar aytildi. Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti An’anaviy xonandalik kafedrasi dotsenti Karimova Maxfuza va An’anaviy cholg‘uchilik kafedrasining cholg‘uchilar ansambili hamda institut “Badiiy to‘garak” xodimi Ro‘zmatov Rasuljon tomonidan Navoiy g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar barchada katta taassurot qoldirdi.

 

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat

bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova

 

 

 

 

 

Taklif va mulohazalaringizni jonating