Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2022-05-06 12:52:29
  • 6 comments
Toshkent Farmatsevtika instituti “Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti” kafedrasi va Toshkent shahri, Mirobod tumani “Parvona” MFY si bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

        2022 yil 21 aprel kuni kafedra mudiri f.f.d.,dotsent N.A.Yunusxodjayeva va kafedra katta o‘qituvchilari G.R.Zokirova, Ch.T.Toshtemirova, assistentlar E.R.Raximova, D.R.Gulyamovalar bilan birgalikda Toshkent shahar Mirobod tumani “Parvona” MFY siga tashrif uyushtirildi. FICHTQvaSM kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan Muborak RAMAZON oyida “Hayr-sahovat o’zbek halqiga xos fazilat”  shiori ostida “Parvona” mahallasida yashovchi ijtimoiy-himoyaga muhtoj aholi holidan xabar olindi va moddiy yordam qilindi.  

Tashrif davomida kafedra xodimlari, mahalla faollari M.E.Ro’zmatova, profilaktika inspektori Yo.N.Nurimov, hokim yordamchisi A.T.Niyozov  va bir qator fuqarolar bilan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini aniqlash va ularning muammolarini hal etish” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Ulardan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar olindi.  Suhbat davomida G.R.Zokirova fuqorolarni muommo va takliflarini yozib oldi. Ular bilan suhbatlashilganda ularni oilaviy sharoitlari o’rganildi. Mahalla fuqorolari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Mahalla onaxonlari sog’liqlaridan shikoyatlarini etishdi. Ularni savollariga qarab kafedra xodimlaridan Ch.T.Toshtemirova og’riq qoldiruvchi, qon bosimini tushuruvchi, dorivor o’simliklardan uy sharoitida to’g’ri foydalanish usullaridan o’z maslahatlarini berdi.

 

       

 

       

Taklif va mulohazalaringizni jonating