Toshkent farmatsevtika instituti
Veb-saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
2020-2021 o'quv yili uchun yuqori kurs talabalari o'rtasidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari g'oliblari aniqlandi
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021 yil 1-fevral 56-son buyrug'iga muvofiq yuqori kurs talabalari o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi. Unga ko'ra Ibn Sino Davlat stipendiyasiga farmatsiya fakulteti 5-kurs 501A guruh talabasi Uzoqboyev Shahzodjon Ne'mat o'g'li, Islom Karimov Davlat stipendiyasiga farmatsiya fakulteti 5 kurs 501B guruh talabasi Ramazonova Shaxzoda Shoyim qizi sazovor bo'ldi.
G'oliblarni muborakbot etamiz va yanada yuksak cho'qqilarga erishishini tilaymiz.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi