Tel: (+99871) 256-37-38
~ ~

  • Category
  • 2022-04-11 11:01:06
  • 6 comments
Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 07.04.2022-yilda institutga qarashli akademik litseyda “Men talaba bo’lmoqchiman”, Kasbim faxrim” mavzusida davra suhbatlari o’tkazildi.

Davra suhbati kafedra mudiri N.A.Yunusxodjayeva boshchiligida va kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tashkil qilindi. Davra suhbatida institutda hamda kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar, yetakchi olimlar haqida so’z yuritildi. Shuningdek farmatsevtika sohasida yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislari hamda ularni kafedrada olib borayotgan faoliyatini yoritib berildi.

O’quvchilarni kafedra faoliyati, unda olib borilayotgan dars jarayoni, professor-o’qituchilarning ilmiy yutuqlari, talabalarni amaliyoti, kafedradagi iqtidorli talabalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan tanishtirildi. 

O’quvchilar o’zini qiziqtirgan savollarni berib kelajakdagi kasb tanlashlariga ma’lumot olishdi bu esa ularda “farmatsevt”  kasbiga yanada ishonch uyg’otdi.

        

Taklif va mulohazalaringizni jonating